OMMAVIY OFERTA
Mazkur Foydalanuvchi shartnomasi (keyingi o‘rinlarda - Shartnoma) «SOFTEX» XK (keyingi o‘rinlarda - ZORRO) va internet tarmog‘i foydalanuvchisi (keyingi o‘rinlarda - Foydalanuvchi) o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
ZORRO xizmatidan foydalanishdan oldin, Foydalanuvchi mazkur Shartnoma bilan tanishishi va unga qo‘shilishi lozim.
Foydalanuvchi quyidagi harakatlardan birini amalga oshirib, Shartnomaga qo‘shilishi mumkin:
  • ZORRO ilovasi yoki zorro.uz saytida ro‘yxatdan o‘tish vaqtida “Kirish” tugmasini bosish;
  • ZORRO ilovasida, zorro.uz saytida, shu jumladan, mobil qurilmalardagi va ijtimoiy tarmoqlardagi ilovalarda (keyingi o‘rinlarda - Sayt) avtorizatsiya qilmasdan turib, buyurtma rasmiylashtirilayotganda “Buyurtma berish” tugmasini bosish
Mazkur Shartnoma yozma shaklda tuzilgan shartnomaga tenglashtiriladi. Ushbu Shartnomani qabul qilib, Foydalanuvchi uning barcha shartlari bilan to‘liq va so‘zsiz roziligini bildiradi, shu jumladan, ZORROga shartnomaning 8-bo‘limida ko‘rsatilgan shartlar asosida Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlashga, hamda elektron pochta, SMS va reklama mazmunidagi boshqa jo‘natmalarni qabul qilishga rozilik bildiradi.
1. Shartnoma predmeti
  • 1.1 ZORRO Foydalanuvchiga mazkur Shartnomada ko‘rsatilgan shartlar asosida “Tayyor ovqat yoki mahsulotlar tezkor qidiruvi va buyurmasi xizmati”ni (keyingi o‘rinlarda - Xizmat) taklif etadi.
  • 1.2. ZORRO tomonidan oldindan xabar bermasdan, mazkur Shartnomaga bir tomonlama tartibda o‘zgartirish kiritilishi mumkin. Shartnomaning yangi tahriri, agar tahrirda boshqacha qoida qayd etilmagan bo‘lsa, Sayt yoki ilova sahifasida chop etilgandan vaqtdan boshlab kuchga kiradi.
  • 1.3. Foydalanuvchi Shartnomaga ZORRO tomonidan kiritilgan o‘zgartirishlarni qabul qilishni rad etishi mumkin, ushbu holat Foydalanuvchi tomonidan ZORRO xizmatidan foydalanishni rad etishni anglatadi.
2. Xizmatlar tavsifi
  • 2.1 ZORRO – bu buyurtmachilarga ZORRO hamkorlari tomonidan sotiladigan oziq-ovqat va nooziq ovqat mahsulotlarini (keyigi o‘rinlarda TOVAR) oson izlash va buyurtma qilish uchun keng imkoniyatlarni taklif etadigan, shuningdek, buyurtmalarni to‘lash uchun Foydalanuvchilar tomonidan mablag‘larni qabul qilib oladigan yagona buyurtma ma’lumotlar tizimi. Foydalanuvchi tomonidan rasmiylashtirilgan buyurtma shartlariga muvofiq Tovarlarni sotish majburiyatlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri ZORRO hamkorlarida vujudga keladi.
  • 2.2 Ko‘rsatilgan xizmatlar axborot xususiyatiga ega bo‘lib, Foydalanuvchiga bepul asosda taqdim etiladi.
  • 2.3 Foydalanuvchi barcha xizmatlar “o‘z holida/boricha” taqdim etilishiga va ZORRO yetkazib berilayotgan Tovarlarning sifati, kechikishlar, nosozliklar, noto‘g‘ri yoki o‘z vaqtida yetkazib bermaganlik, shuningdek, to‘lov tizimlaridagi nosozliklar uchun javobgar emasligiga rozilik bidiradi.
  • 2.4 ZORRO xizmatlaridan foydalanish uchun Internet (WWW)ga kirish imkoniga ega bo‘lgan telefon/boshqa elektron qurilmaga ega bo‘lish lozim.
  • 2.5 Foydalanuvchi Saytda buyurtmani mustaqil ravishda rasmiylashtiradi.
  • 2.6 Foydalanuvchi buyurtma uchun to‘lovni quyidagi mavjud usullardan biri orqali amalga oshiradi:
    • 2.6.1 to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘lash orqali –etkazib berish xizmati (ZORRO Hamkori)dan buyurtmani qabul qilish vaqtida naqd pul yoki ZORRO Hamkori tomonidan taqdim etilgan boshqa usullar bilan;
    • 2.6.2 ZORRO saytida «INSPIRED» MChJ (t.b. Paycom) to‘lov tizimi orqali UZCARD ONLINE bank kartasi bilan onlayn to‘lov. Buyurtma uchun pul o‘tkazishning barcha qo‘shimcha xarajatlari Foydalanuvchi tomonidan qoplanadi.
    • Buyurtma rasmiylashtirilganidan so‘ng, onlayn to‘lov usuli tanlanganda, Foydalanuvchi «INSPIRED» MChJ (t.b. Paycom)ning xavfsiz to‘lov sahifasiga yo‘naltiriladi, u yerda Foydalanuvchi bank kartasi ma’lumotlarini kiritishi lozim bo‘ladi. Karta egasini qo‘shimcha autentifikatsiya qilish uchun noyob kod bilan sms tasdiqlashdan foydalanilib, uni tegishli maydonga kiritish lozim. Sms xabarni PayMe xizmati kartaga biriktirilgan telefon raqamiga yuboradi. Qo‘shimcha identifikatsiya qilish qoidalari va usullari haqidagi ma’lumotlarni Foydalanuvchi unga bank kartasini taqdim etgan Bankdan olishi mumkin.
    • To‘lovga taqdim etilgan summa – bu Buyurtma va Xizmatlar (etkazib berish, qadoqlash kabi) narxini tashkil etadi.
    • Internet to‘lovlarni qayta ishlash xavfsizligi «INSPIRED» MChJ (t.b. Paycom) tomonidan kafolatlanadi. To‘lov kartalari orqali barcha operatsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Plastik kartochkalar asosida hisob-kitob qilish tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004 yil 24 sentyabrda gi 445-son va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Plastik kartochkalar asosida naqd pulsiz hisob-kitob tizimini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2006 yil 3 avgustdagi PQ-433-son Qarorlariga (http://uzcard.uz/index.php/ru/about-company) asosan to‘lov tizimining O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligi talablariga muvofiq amalga oshiriladi. Ma’lumotlarni uzatishda onlayn kartalar orqali to‘lovlarning maxsus xavfsizlik texnologiyalaridan foydalaniladi, ma’lumotlarni qayta ishlash protsessing kompaniyasining xavfsiz yuqori texnologiyali serverida amalga oshiriladi.
    • Amalga oshirilgan to‘lov bo‘yicha savollar mavjud bo‘lganda, Foydalanuvchi +998 90 619-68-88 (Navoiy) yoki +99897 459 18 98 (Xorazm) telefon raqamlari orqali mijozlarga xizmat ko‘rsatish xizmatiga murojaat etishi mumkin.
    Foydalanuvchi bank kartasini shaxsiy kabinetiga biriktirish imkoniga ega. Kelgusida har qanday keyingi buyurtma summasi shaxsiy kabinetga biriktirilgan bank kartasidan avtomatik ravishda, rekvizitlarni kiritmasdan o‘tkazib boriladi, bunda to‘lovni tasdiqlash Shaxsiy kabinet savatchasidagi “To‘lash” tugmasini bosish orqali, va agar bank kartasining bank-emitenti tomonidan mazkur himoyalash nazarda tutilgan bo‘lsa, bir martalik parolni terish orqali amalga oshiriladi.
  • 2.7 Agar Foydalanuvchi Buyurtmani rad etsa, yoki ZORRO Hamkorlari Tovarlarni sotish shartlarini buzsa, shu bilan birga, lekin ular bilan cheklanmagan holda: Tovarni sotishdan bir tomonlama bosh tortish, yetkazib berish muddatini buzish, Tovar sifatining nomuvofiqligi va hokazo holatlarda, pul mablag‘larni qoplab berish uchun Foydalanuvchi buyurtmani yetkazib berish/qabul qilish muddati kelgan vaqtdan boshlab 12 soat ichida ZORROning qo‘llab-quvvatlash xizmatiga, yoki info@zorro.uz elektron pochta manziliga buyurtmani rad etishi haqida xabar qilishi lozim. Pul mablag‘larini qaytarish ZORRO tomonidan to‘lov amalga oshirilgan vaqtdan boshlab, ikki ish kun ichida amalga oshiriladi. Buyurtma uchun to‘lov amalga oshirilgandan vaqtdan boshlab 12 soat o‘tgandan so‘ng, agar ZORRO Foydalauvchi tomonidan Buyurtmani rad etish va pul mablag‘larini qaytarish haqida xabar olmasa, Buyurtma bajarilgan hisoblanadi va uning uchun to‘langan pul mablag‘lari qaytarib berilmaydi. Foydalanuvchi tomonidan Sayt orqali bank kartasi bilan to‘langan pul mablag‘lari faqat to‘lov amalga oshirilgan kartaga qaytariladi.
  • 2.8 Buyurtma rasmiylashtirilgandan so‘ng, Foydalanuvchi faqat buyurtma tayyorlanmagan holatlarda uni bekor qilish huquqiga ega. Agar buyurtma tayyorlangan bo‘lsa, Foydalanuvchi buyurtma uchun to‘lovni amalga oshirishga majbur. Agar Foydalanuvchi buyurtma tayyorlangandan so‘ng uni to‘lashdan bosh tortsa, buyurtmani tayyorlagan muassasa yoki ZORRO Foydalanuvchi tomonidan Buyurtma narxini qoplab berish to‘g‘risida sudga murojaat qilish huquqiga ega. 10
  • 2.9 Agar Foydalanuvchining ilgari rasmiylashtirgan buyurtmasi uning aybi bilan yetkazib berilmagan bo‘lsa (masalan, Foydalanuvchi eshikni ochmagan yoki yetkazish vaqtida kurer telefoniga javob bermagan, yoki Foydalanuvchi yetkazib berish uchun mavjud bo‘lmagan manzilni ko‘rsatgan bo‘lsa), ZORRO Foydalanuvchiga “naqd pul yoki onlayn to‘lov” to‘lash shakli bilan buyurtma berishiga rad javobi berish huquqiga ega.
  • 2.10 Bank kartalari bo‘yicha operatsiyalarni avtorizatsiya qilish bank tomonidan amalga oshiriladi. Agar bank operatsiya firibgarlik xususiyatiga ega deb hisoblasa, bank mazkur operatsiyani amalga oshirishni rad etishi mumkin. Bank kartalari firibgarlik operatsiyalarini amalga oshirish jinoyat hisoblanadi.
  • 2.11. Firibgarlik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, bank kartalari orqali amalga oshirilgan to‘lovlar ZORRO tomonidan mavjud imkoniyatlardan kelib chiqqan holda tekshirilishi mumkin.
  • 3. Xizmatdan foydalanish majburiyatlari
    • 3.1. Foydalanuvchi buyurtma shaklida va/yoki ro‘yxatdan o‘tish shaklida taklif qilingan savollar bo‘yicha to‘g‘ri, to‘liq va amalda mavjud (aktual) ma’lumotlarni taqdim etishga rozilik bildiradi.
    • 3.2. Agar Foydalanuvchi xato/noto‘g‘ri ma’lumotlarni taqdim qilayotgan bo‘lsa yoki ZORRO tomonidan Foydalanuvchi taqdim qilgan ma’lumotlar noto‘g‘ri, to‘liq yoki aniq emasligiga jiddiy asoslar bo‘lsa, ZORRO Foydalanuvchini ro‘yxatdan o‘tishini to‘xtatib qo‘yishi yoki bekor qilishi va unga xizmatdan foydalanishini rad etish huquqiga ega.
    • 3.3. ZORRO Foydalanuvchini ogohlantirmasdan va/yoki sabablarini tushuntirmasdan, Foydalanuvchiga ZORRO xizmatlaridan foydalanishni rad etish huquqiga ega.
    • 3.4. Foydalanuvchi bir sutka ichida har qanday promokodlarni qo‘llagan holda uchtadan ortiq bo‘lmagan buyurtmalarni rasmiylashtirish huquqiga ega.
    • 3.5. ZORRO xizmatlarini va/yoki Tovarlarini sotib olishda Foydalanuvchiga keyinchalik foydalanish uchun ma’lum nominal qiymatida promokod berilishi mumkin. Ushbu promokoddan faqat bir marta foydalanish mumkin.
      • 3.5.1 Agar promo-kodning qiymati buyurtma narxidan katta yoki teng bo‘lsa, chegirma 1 (bir) so‘mga kamaytirilgan buyurtma qiymatining 100% ni tashkil etadi, bunda buyurtma qiymati va promo-kodning nominal qiymati o‘rtasidagi farq to‘lanmaydi. Promo-kod faqat buyurtma uchun amal qiladi, yetkazib berish xizmatiga nisbatan qo‘llanilmaydi;
      • 3.5.2 Promo-kodning nominal qiymati buyurtma qiymatidan kam bo‘lsa, , buyurtma qilingan vaqtda Foydalanuvchi ZORRO saytida amalga oshirilgan buyurtmaning umumiy miqdori va promo-kodning nominal qiymati o‘rtasidagi farqni to‘lashi lozim.
    • 3.6. ZORRO reklama aksiyalarini o‘tkazish huquqiga ega, Foydalanuvchi tomonidan bunday aksiyalarda ishtirok etish uchun talablarni majburiy tartibda bajarish sharti bilan Foydalanuvchiga aksiyaga muvofiq qo‘shimcha ballar/promokodlar taqdim etilishi mumkin (ularning soni, berilish tartibi, boshqa shartlari ZORRO tomonidan belgilanadi).
    4. Foydalanuvchining ro‘yxatdan o‘tishi
    • 4.1. Foydalanuvchiro‘yxatdan o‘tish uchun saytga kirish tugmasini bosib, telefon raqamini kiritadi. ZORRO sayti uni sms kod yuborib tasdiqlaydi, so‘ng foydalanuvchi ism sharfini kiritib ro‘yxatdan o‘tishni yakunlaydi.
    • 4.2. Ro‘yxatdan o‘tash jarayoni tugagach, Foydalanuvchi Shaxsiy kabinetga kirib yetkazib berish manzilini ko‘rsatadi
    • 4.3. Foydalanuvchi o‘zining shaxsiy ma’lumotlari xavfsizligi, shuningdek, ZORRO saytida amalga oshirilgan har qanday harakatlar uchun javobgar hisoblanadi.
    • 4.4. Foydalanuvchi o‘z telefon raqami orqali ruxsatsiz (ruxsat etilmagan) kirish va/yoki har qanday xavfsizlik buzilishi xolatlari bo‘yicha ZORROni darhol xabardor qilishi shartligiga rozilik bildiradi.
    5. ZORRO da joylashtirilgan materiallardan foydalanish shartlari
    • 5.1. Saytda mualliflik huquqi bilan himoyalanadigan materiallar, tovar belgilari va qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa materiallar, shu jumladan, matnlar, rasmlar, grafik tasvirlar mavjud.
    • 5.2. Shu bilan birga, Saytning butun tarkibi O‘zbekiston Respublikasi mualliflik huquqi va turdosh huqulari to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq jamoa ijodiy mehnati bilan yaratilgan asar sifatida muxofaza qilinadi.
    • 5.3. ZORRO Sayt tarkibidan foydalanish uchun mualliflik huquqiga ega (shu jumladan, ZORRO saytida mavjud bo‘lgan ma’lumotlarni tanlash, joylashtirish, tizimlashtirish, o‘zgartirish huquqi, shuningdek. Dastlabki ma’lumotlarga nisbatan), saytda chop etilgan materiallarning mazmunida alohida qayd etilgan holatlar bundan mustasno.
    • 5.4. Foydalanuvchi Sayt tarkibini o‘zgartirishi, chop etishi, uchinchi shaxslarga topshirishi, sotish yoki voz kechishda ishtirok etishi, hosilaviy Tovarlarni yaratishi yoki boshqa shaklda Sayt mazmunidan to‘liq yoki qisman foydalanish huquqiga ega emas.
    • 5.5. Foydalanuvchisi Saytdan faqat qonun doirasida foydalanish majburiyatini oladi.
    • 5.6. Foydalanuvchisi quyidagi hususiyatga ega materiallarni Saytga joylashtirmaslik va Sayt orqali boshqa joylarga jo‘natmaslik majburiyatini oladi:
      • Tahdid va haqoratlarni o‘z ichiga olgan, boshqa shaxslarni obro‘sizlantiruvchi qonun buzilishlari, fuqarolarning shaxsiy hayotga bo‘lagan huquqlarini yoki jamoat tartibini buzuvchi, odobsizlik xususiyatiga ega bo‘lgan;
      • Muayyan darajada boshqa shaxslarning sha’ni va qadr qiymatini, huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzadigan;
      • Diniy, irqiy, yoki millalararo dushmanchilikni qo‘zg‘ashga qaratilgan chaqiriqlar mavjud bo‘lgan yoki shu kabi chaqiriqlarga olib keluvchi ma’lumotlar, dushmanlikni qo‘zg‘atish urinishlari yoki zo‘ravonlikka chorlovchi chaqiriqlar;
      • Shuningdek, boshqa shaxslarni jinoiy, fuqarolik va boshqa javobgarlikka tortilishiga yoki boshqa yo‘l bilan qonunchilik talablarini buzishga olib keladigan noqonuniiy hatti harakatlarga sodir etishga undovchi boshqa materiallar.
    • 5.7. Foydalanuvchi oldindan ZORROning aniq ifodalangan roziligini olmasdan, har qanday tovar yoki xizmatlarning reklamasi bo‘lgan materiallarni Saytga joylashtirmaslik, Sayt orqali yubormaslik majburiyatini oladi.
    • 5.8. Foydalanuvchi Saytdan har qanday tovar va xizmatlarni har qanday shaklda reklama qilish yoki sotishni rag‘batlantirish, shu jumladan, lekin chegaralanmasdan, ZORROning raqobatchisi bo‘lgan boshqa interaktiv xizmat tizimiga a’zo bo‘lishini rag‘batlantirish uchun foydalanmaslik majburiyatini oladi.
    • 5.9. Foydalanuvchi intelektual mulk huquqi bilan qo‘riqlanadigan har qanday materiallarni (shu jumladan, mualliflik huquqi va tovar belgilari haqidagi qonun), va qonun bilan himoyalanadigan boshqa materiallarni ularga bo‘lgan huquqlar egasining aniq ifodalangan roziligini olmasdan, Saytga joylashtirmaslik, yuklamaslik yoki boshqa usulda ulardan foydalanmaslik majburitini oladi. Shu bilan birga, Foydalanuvchi tomonidan Saytga joylashtirilgan materiallar uchinchi shaxslarning joylashtirilgan materiallarga nisbatan mualliflik, turdosh va boshqa huquqlarini buzmasligini isbotlash majburiyati Foydalanuvchi zimmasidadair.
    • 5.10. ZORRO Foydalanuvchi tomonidan chop etilgan izoh va sharhlar uchun javobgar emas.
    • 5.11. ZORRO Foydalanuvchining izohlariga sharhlar joylashtirish huquqiga ega. ZORRO Foydalanuvchining qonunchilikni buzadigan va uchinchi shaxslarning qonuniy manfaatlariga putur yetkazadigan (shu jumladan, haqoratlovchi xususiyatga ega yoki bunday shaxslarni sha’ni, qadr qimmati va obro‘siga putur yetkazadigan) izohlarini joylashtirmaslik va o‘chirib tashlash huquqiga ega.
    6. Javobgarlik
    • 6.1. ZORRO Hamkorlarining Foydalanuvchi oldidagi majburiyatlarini bajarishi/bajarmasligi uchun, shuningdek, ular taqdim qilgan ma’lumotlarning haqiqiyligi uchun javobgar hisoblanmaydi. ZORRO faqat Foydalanuvchi va Hamkorlar o‘rtasida ma’lumotlar aloqasini o‘rnatadi xolos.
    7. ZORROning mulk huquqi
    • 7.1. Foydalanuvchi ZORRO xizmati va u bilan bog‘liq barcha zarur dasturlar intelektual mulk huquqi to‘g‘risidagi va boshqa xalqaro qonunlar bilan qo‘riqlanadigan konfidensial ma’lumotlarni o‘z ichiga olishini tan oladi va qabul qiladi. Foydalanuvchi ushbu kontent va dasturlarni butunlay yoki qisman o‘zgartirmaslikka, sotmaslikka, tarqatmaslikka rozilik beradi.
    8. Maxfiylik
    • 8.1. ZORRO Saytida ro‘yxatdan o‘tish/buyurtmani rasmiylashtirish vaqtida Foydalanuvchi quyidagi ma’lumotlarni taqdim etadi: ismi, elektron pochta manzili va/yoki telefon raqami, buyurtmani yetkazib berish manzili.
    • 8.2. Shartnomani bajarish maqsadida ZORRO, shu jumladan, u bilan bog‘liq shaxslar va/yoki Hamkorlar ishtirokida, xizmatning yangi funksiyalarini (shu jumladan, axborot, reklama, ko‘ngilochar va boshqa Tovarlar) rivojlantiradi, optimallashtiradi va joriy etadi. Ushbu maqsadlarni amalga oshirilishini ta’minlash uchun, shuningdek, Foydalanuvchilarni o‘zining xizmatlari haqida xabardor qilish, ZORRO tovar va xizmatlarini targ‘ib qilish, elektron va sms so‘rovlarni o‘tkazish, Foydalanuvchi tomonidan shaxsiy (maqsadli) reklamani olishi, marketing aksiyalarini boshqarish, mijozlarni qo‘llab-quvvatlash, Foydalanuvchilarga tovarlarni yetkazib berishni tashkil etish, Foydalanuvchilar orasida sovrinli o‘yinlar o‘tkazish, yetkazib berish xizmatlari tomonidan amalga oshirilgan xizmatlardan Foydalanuvchilarning qoniqishi va xizmat sifatini nazorat qilish, bunday ma’lumotlarni tekshirish, o‘rganib chiqish va tahlil qilish maqsadida, Foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tish/buyurtmani rasmiylashtirish vaqtida quyidagilarga rozilik bildirib, ZORRO ga ularni amalga oshirishni topshiradi: tegishli qonunchilikka muvofiq ma’lumotlarni qayta ishlash, shu jumladan, butun son yoki matnli belgilar va identifikatorlar shaklidagi avtomatik ravishda qayta ishlangan ma’lumotlar natijalarini qayta ishlash, Foydalanuvchining kayta ishlash haqidagi topshirig‘ini bajarish maqsadida ZORRO ularni o‘zi bilan bog‘liq shaxslarga va/yoki Hamkorlarga taqdim qilish, shuningdek, o‘zi bilan bog‘liq shaxslar va/yoki Hamkorlardan Foydalanuvchi va boshqa u bilan bog‘liq shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ishni (qabul qilishni) amalga oshiradi. ZORRO Saytning ishlashi bilan bog‘liq statistik ma’lumotlarni tasarruf etish huquqiga ega.
    • 8.3. Foydalanuvchi bilan bog‘liq ma’lumotlar deb quyidagilar tushuniladi: ZORRO xizmati va/yoki u bilan bog‘liq shaxslar va/yoki Hamkorlari xizmatlari bilan o‘zaro hamkorlik qilishning texnik vositalari (qurilmalari) va texnologik usullari haqidagi ma’lumotlar (shu jumladan, xostning IP-manzili, opersion tizim turi, brauzer turi, geografik joylashuvi, provayder haqidagi va boshqa ma’lumotlar), Foydalanuvchining faolligi haqidagi va ko‘rsatilgan usulda olinadigan boshqa ma’lumotlar.
    • 8.4. Ma’lumotlarni qayta ishlash deganda avtomatlashtirish vositalari yordamida yoki bunday vositalardan foydalanmasdan shaxsiy ma’lumotlar bilan amalga oshirilgan har qanday harakatlar (operatsiyalar) yoki harakatlar (ishlar) majmui, shu jumladan, to‘plash, yozib olish, tizimlashtirish, yig‘ish, saqlash, aniqlashtirish (yangilash, o‘zgartirish), taqqoslash, chiqarib olish, foydalanish, ZORRO bilan bog‘liq shaxslar va/yoki Hamkorlarga taqdim qilish, depersonalizatsiya (egasizlantirish), to‘sib qo‘yish (bloklash), o‘chirish, yo‘q qilish tushuniladi.
    • 8.5. ZORRO Foydalanuvchiga o‘z nomidan mustaqil ravishda yoki texnik hamkorlarni jalb qilgan holda Foydalanuvchining elektron pochtasiga, mobil telefoniga (sms, telefon qo‘ng‘iroqlari) yoki Foydalanuvchi ishlatadigan ZORRO Hamkorlarining xizmatlari (ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar va boshqalar) orqali axborot shaklidagi ma’lumotlarni, shu jumladan, xizmatga oid va reklama xabarlarini jo‘natish huquqiga ega.
    • 8.6. ZORRO «cookies» texnologiyasidan foydalanish huquqiga ega. «Cookies»da konfidensial ma’lumotlar mavjud emas, va Foydalanuvchi oldidagi majburiyatlarini bajarish va statistika yuritish, reklama xabarlarini optimallashtirish maqsadida ZORRO «cookies» haqidagi ma’muotlarni ZORRO bilan shartnomalari mavjud Hamkorlar, agentlar va uchunchi shaxslarga taqdim etish huquqiga ega.
    • 8.7. ZORRO www.zorro.uz saytiga tashrif buyurgan shaxsning ip-manzili haqida ma’lumot oladi. Mazkur ma’lumot uning shaxsini aniqlash uchun foydanilmaydi.
    • 8.8. ZORRO Foydalanuvchi tomonidan Saytga ommaviy ravishda taqdim etilgan ma’lumotlar uchun javobgar emas.
    • 8.9. ZORRO Foydalanuvchi bilan bo‘lgan telefon suhbatlarini yozib olish huquqiga ega. Bunda ZORRO telefon suhbati davomida olingan ma’lumotlarga ruxsatsiz kirishning oldini olish va/yoki buyurmani bajarish bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan shaxslarga taqdim qilmaslik majburiyatini oladi.
    • 8.10. Mazkur Shartnomani imzolab, Foydalanuvchi ZORROga shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiq cheklanmagan muddatga o‘zining shaxsiga doir ma’lumotlar (shu jumladan, lekin bularni istisno qilmasdan: qayd etish ma’lumotlari, uyali aloqa telefoni raqami, FISh, ro‘yxatga olish ma’lumotlari, joylashgan manzili va boshqa har qanday ZORRO xizmatidan foydalanish uchun lozim bo‘lgan shaxsga doir ma’lumotlar)ni qayta ishlashga rozilik bildiradi, shu jumladan, mazkur Shartnomani ijro etish masadida avtomatlashtirish vositalaridan foydalanib yoki ulardan foydalanmasdan shaxsga doir ma’lumotlarni to‘plash, yozib olish, tizimlashtirish, yig‘ib borish, saqlash, aniqlashtirish (yangilash, o‘zgartirish), chiqarib olish, foydalanish, o‘tkazish (tarqatish, taqdim etish, ularni olish uchun imkon yaratish) egasizlantirish, bloklash, o‘chirish, shaxsga doir ma’lumotlarni yo‘q qilish, ZORRO bilan bog‘liq shaxslar va/yoki Hamkorlarga taqdim qilish, depersonalizatsiya (egasizlantirish), to‘sib qo‘yish (bloklash), o‘chirish, yo‘q qilish tushuniladi. () muddatsiz quyidagilarni taqdim etadi. Shu bilan, Foydalanuvchi mazkur Shartnomani ijro eitish maqsadida ZORROga Shartnomaga muvofiq taqdim qilingan o‘z shaxsiga doir ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga taqdi qilishga ham rozilik bildiradi.
    • 8.11. ZORRO Foydalanuvchiga O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq Foydalanuvchining shaxsiga doir ma’lumotlarni maxfiyligini ta’minlash borasida barcha zaruriry choralarni ko‘rishni kafolatlaydi.Foydalanuvchining o‘z shaxsiga doir ma’lumotlarini qayta ishlash (shu jumladan, uchinchi shaxslarga taqdim qilish)ga bergan roziligi muddati cheklangmagan, shu bilan birga, shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlashga berilgan rozilik istalgan vaqtda info@zorro.uz manziliga elektron xabar yuborish orqali bekor qilinishi mumkin.
    9. Umumiy qoidalar
    • 9.1. Mazkur Shartnoma O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi bilan tartibga solinadi.
    • 9.2. Shartnomaga oid barcha ehtimoliy kelishmovchiliklar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi qoidalariga asosan hal etiladi.
    • 9.3. Mazkur Shartnoma shartlari haq evaziga emasligi sababli ZORRO va Foydalanuvchi o‘rtasidagi munosabatlarga nisbatan iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga oid qoidalar qo‘llanilmaydi.
    • 9.4. Shartnomada hech bir band yoki qoida Foydalanuvchi va ZORRO o‘rtasida agentlik, sheriklik, birgalikdagi faoliyat, shaxsiy bandlik yoki ushbu Shartnomada aniq ko‘zda tutilmagan boshqa munosabatlarni o‘rnatilishi sifatida tushunilishi mumkin emas.
    • 9.5. Shartnoma ijrosiga oid savollar yuzasidan quyidagi ZORRO joylashgan manzilga murojaat etish lozim: O‘zbekiston Respublikasi, Navoiy sh., Energetik ½ ko‘chasi, «SOFTEX» XK.